"Brayton" 19 yoshli Vushkovichni "Tottenxem"dan 46+4 million funt evaziga sotib oldi

  • Mr.NoBoDy 14.07.2026 16:08
  • 1469
  • 30

"Brayton" klubi 19 yoshli markaziy himoyachi Luka Vushkovichning transferini e'lon qildi.

Xorvatiyalik futbolchi klub bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi va unda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Avvalroq "Tottenxem"ga o'yinchi uchun 46+4 million funt sterling to'lanishi haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, "shporlar" himoyachining keyingi sotuvidan 20 foiz ulush olishadi.

Vushkovich o'tgan mavsumni ijara asosida "Gamburg"da o'tkazdi. U Bundesligada 28 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар