Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi JCH-2026 dan so‘ng o‘lim tahdidlari sababli vataniga qaytmadi

  • Mr.NoBoDy 14.07.2026 16:00
  • 409
  • 30

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xaminton Kampas Jahon chempionati-2026 dan so‘ng vataniga qaytmadi.

Jurnalist Kamilo Pintoning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berishicha, bunga futbolchi 1/8 final doirasida Shveysariyaga qarshi o‘yindan keyin olgan tahdidlar sabab bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Kolumbiya penaltilar seriyasida 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O‘yinning 115-daqiqasida Xaminton Kampas qulay vaziyatdan darvozani ishg‘ol eta olmadi (to‘pni darvoza to‘sinidan yuqoriga yo‘lladi), natijada Kolumbiya turnirni tark etdi. Shundan so‘ng Kampas va uning oilasiga nisbatan tahdidlar boshlandi: futbolchi ularni jiddiy qabul qildi va vataniga qaytmaslikka qaror qildi.

Ўхшаш янгиликлар