Opta superkompyuteri JCH g‘olibi bo‘yicha prognozlarni yangiladi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 16:00
  • 267
  • 30

Opta Analyst ma’lumotlariga ko‘ra, turnirning asosiy favoriti — Fransiya. Ularning jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyati 33,81% ni tashkil etadi.

Mundialdagi ikkinchi asosiy da’vogar — Ispaniya. Luis de la Fuente shogirdlarining chempion bo‘lish ehtimoli 24,16% ga baholanmoqda. Angliyaning g‘alaba qozonish ehtimoli 21,97%, Argentinaniki esa 20,06% ni tashkil etadi.

Jahon chempionatining yarim final o‘yinlari 14 va 15 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Birinchi kuni Fransiya Ispaniyaga qarshi maydonga tushsa, ikkinchi kuni Angliya va Argentina o‘zaro to‘qnash keladi.

Ўхшаш янгиликлар