Xabi Alonso «Chelsi»ni boshqarishga nima uchun qaror qilganini tushuntirdi

  • Mr.NoBoDy 12.07.2026 16:00
  • 61
  • 30

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso klub taklifini nima sababdan qabul qilganini ochiqladi.

Mutaxassis Premyer-ligada o‘z kuchini sinab ko‘rishni istaganini ta’kidladi. Alonso London klubi unga ishonch bildirganidan mamnun.

«Germaniya va Ispaniyadagi tajribamdan so‘ng, doimo Premyer-ligada o‘zimni sinab ko‘rishni xohlaganman. Bu kerakli paytda, kerakli klubda, yaxshi imkoniyat va hissiyotlar bilan ro‘y berdi», — deya Alonsoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.

Xabi Alonso o‘z katta murabbiylik faoliyatini Bundesligada boshlagan. Ispaniyalik mutaxassis «Bayer»ni boshqargan. 2025 yilning yozida u nemis jamoasini tark etib, «Real»ga o‘tgan edi. Biroq qishda madridliklar murabbiyni iste’foga chiqarishdi.

Ўхшаш янгиликлар