
RMC Sport xabariga ko‘ra, JCH-2026 chorak finali oldidan Marokash terma jamoasi hujumchisi Braim Dias ishtirokidagi matbuot anjumani ikki jurnalist o‘rtasidagi mojaro sabab to‘xtatildi.
Manbaning qayd etishicha, futbolchi savolga javob berayotgan vaqtda OAV vakillari o‘rtasida og‘zaki tortishuv kelib chiqqan. Bir jurnalist ikkinchisini tan jarohati yetkazishda ayblagan. Shunga qaramay, nizoni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi va matbuot anjumani davom ettirildi.
Jahon chempionatining chorak finalida Marokash Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin payshanba, 9 iyul kuni Boston (AQSH) shahrida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.