JCH-2026: Superkompyuter yarim finalchilarni taxmin qildi

  • Mr.NoBoDy 09.07.2026 13:00
  • 221
  • 30

Jahon chempionati-2026da tez orada chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Opta superkompyuteri nufuzli turnirning yarim finaliga chiqish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan to‘rtta terma jamoani nomladi.

Prognozga ko‘ra, pley-offning keyingi bosqichiga Fransiya, Ispaniya, Argentina va Angliya terma jamoalari chiqadi. Uchrashuvlar 9 iyuldan 12 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati Shimoliy Amerikaning uchta davlatida: AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi. Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi mundial finalida Lionel Skaloni shogirdlari penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lub etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар