Rasman: Islombek Baratov - “Buxoro” futbolchisi!

  • Mr.NoBoDy 09.07.2026 12:32
  • 398
  • 30

Mavsumning ikkinchi qismi starti oldidan "Buxoro" navbatdagi transferni amalga oshirdi.

Birinchi davrada “Lokomotiv” safida to'p tepgan himoyachi Islombek Baratov “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Islombek Baratov 2000 yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Yangier”, “Sho'rtan”, “Mashal hamda “Lokomotiv” kabi klublar safida to'p tepgan. Baratov o'ng qanot himoya va yarim himoyada birdek harakatlana oladi. Klublar miqyosida 100 ta uchrashuv o'tkazib 9 ta gol va 7 assistni amalga oshirgan.

photo_2026-07-09_11-44-49.jpgphoto_2026-07-09_11-44-50.jpgphoto_2026-07-09_11-44-51 (2).jpgphoto_2026-07-09_11-44-51.jpg

Ўхшаш янгиликлар