
The Guardian nashrining xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp bilan NATO sammitida Jahon chempionati haqida gaplashmaslikka kelishib olingan.
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining 36-sammiti 7–8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tdi. The Guardian yozishicha, tashkilotga a’zo davlatlar yetakchilari AQSH prezidentini «asabiylashtirmaslik uchun» u bilan bo‘ladigan suhbatlarda futbol bo‘yicha Jahon chempionatini tilga olmaslikka norasmiy tarzda kelishib olishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga nisbatan diskvalifikasiyani bekor qilgan edi. U JCH-2026 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda (2:0) VAR aralashuvidan so‘ng Tarik Muharemovichning to‘pig‘iga bosib olgani uchun qizil kartochka olgandi. Keyinchalik Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasi bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turildi – shu tufayli AQSH hujumchisi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi o‘yinda (1:4) ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgandi.