Desham Marokash terma jamoasiga baho berdi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 23:44
  • 135
  • 30

Didye Desham Fransiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvi oldidan Afrika terma jamoasining saviyasini yuqori baholadi.

Fransuz mutaxassisi jamoasi juda qiyin sinovga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi.

"Ular juda va juda yaxshi futbolchilarga ega. Ular bu yerga tasodifan kelib qolgani yo‘q. Bu to‘pni nazorat qilishni, hujum qilishni va gol urishni yaxshi ko‘radigan ikki jamoa to‘qnashuvidir. Ertaga biz juda yuqori darajada o‘ynashimiz kerak, chunki Marokash terma jamoasi juda yuqori sifatga ega. Murabbiylar shtabi sifatida bizning maqsadimiz va mening shaxsiy maqsadim — hammasi yaxshi o‘tishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdir", — deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltiradi MWN.

Ўхшаш янгиликлар