
Londonning «Arsenal» va Kataloniyaning «Barselona» klublari sobiq hujumchisi Tyerri Anri Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan birga JCH-2026dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.
«Ko‘plab buyuk futbolchilarda jahon chempionati g‘alabasi yo‘q. Ammo bu ularning erishgan yutuqlarini aslo kamaytirmaydi. Krishtianuga 1000 ta gol marrasiga yetib olishini tilab qolaman. U o‘z faoliyati bilan ko‘plab insonlarni ruhlantirdi. Uning jismoniy holati — barcha uchun namunadir. Do‘stim, keyingi qiladigan barcha ishlaringda senga muvaffaqiyat tilayman», - deya afsonaviy fransuzning so‘zlari Fox Sports akkauntida keltirilgan.
Mundialda 41 yoshli Ronaldu beshta o‘yinda maydonga tushdi va uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.