Anri Misrga qarshi kambekdan so‘ng Messining o‘yiniga baho berdi

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 12:33
  • 381
  • 30

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Tyerri Anri argentinalik hujumchi Lionel Messining JCH-2026 doirasida Misrga qarshi o‘tgan bahsdagi o‘yinini baholadi.

"Leoning ko‘z yoshlari bu u uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatib turibdi. U penaltidan gol ura olmadi, lekin keyin shunchaki oddiy futbolchi emasligini isbotladi. Uning ichidagi mahluqni uyg‘otib yubormaslik kerak. Agar jamoaga uning yordami kerak bo‘lsa, u to‘pni oladi va uchrashuv taqdirini o‘zgartirish uchun hamma narsani qilishga intiladi", - deya sobiq futbolchining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Veronika Brunati ma’lum qildi.

Argentina Misr ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. 39 yoshli Messi hisobida bitta gol va bitta golli uzatma bor.

Ўхшаш янгиликлар