Ibrahimovich: "Messi — haqiqiy yirtqich, JCH va boshqa ko‘plab sovrinlarni yutgan, lekin kurashishda davom etmoqda"

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 11:44
  • 520
  • 30

Shvesiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining JCH-2026 turniridagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

7 iyul kuni Argentina JCH-2026 1/8 finalida Misr ustidan irodali g‘alabaga (3:2) erishdi.

79-daqiqagacha janubiy amerikaliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgan edi, shundan so‘ng raqib darvozasini uch bor ishg‘ol etib, chorak finalga yo‘l olishdi. 39 yoshli Lionel Messi uchrashuvda bitta golli uzatmani amalga oshirdi va bitta gol urdi.

"Messi — haqiqiy yirtqich. Hech kim unga yaqinlasha olmaydi. U butun o‘yin davomida qarshilik ko‘rsatdi va jang qildi. Bugun biz ko‘rgan narsa — biz ko‘rishga o‘rganib qolgan va ko‘rishda davom etayotgan o‘sha mahluqdir. U jahon chempionatida g‘olib chiqqan, "Oltin to‘p"lar va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, u hamma narsani yutgan. Unda hamma narsa bor, lekin u kurashishda davom etmoqda", — deya Ibrahimovichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fox Sports.

Ўхшаш янгиликлар