Alvares: «Leo Messi isbotlashda davom etmoqda»

  • Mr.NoBoDy 08.07.2026 11:33
  • 169
  • 30

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Misr terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.

Argentinaliklar 79-daqiqagacha 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishayotgan edi. Shundan so‘ng Kristian Romero Messining uzatmasidan keyin argentinaliklarning hisobdagi farqini qisqartirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Messi hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada esa Enso Fernandes tomonidan kiritilgan gol Argentinaga g‘alaba keltirdi.

«Quvonch va hissiyotlar dengizi. Leo Messi afsona ekanligini isbotlashda davom etmoqda, biz esa uning yonida ekanligimizdan baxtlimiz», — deya Alvaresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati.

Ўхшаш янгиликлар