Misr terma jamoasi darvozaboni 1-bo‘limda argentinaliklarning 3 ta zarbasini qaytardi

  • Mr.NoBoDy 07.07.2026 22:11
  • 76836
  • 30

Misr terma jamoasi darvozaboni Mustafo Shubeyr Argentinaga qarshi kechayotgan o‘yinning birinchi bo‘limida 3 ta seyv amalga oshirdi.

Jamoalar JCH-2026ning 1/8 finali doirasida bahs olib borishmoqda (1:0, tanaffus). O‘yinning birinchi yarmida Shubeyr o‘z darvozasi tomon yo‘llangan barcha 3 ta aniq zarbani qaytardi — shu jumladan, Lionel Messi tomonidan tepilgan penaltini ham.

Shuningdek, misrlik posbon Aleksis Mak Allister va Xulian Alvaresning zarbalaridan keyin ham darvozasini goldan saqlab qoldi.

Ўхшаш янгиликлар