"Real" Bernardu Silva bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 14:08
  • 416
  • 30

Madridning "Real" klubi o'z rasmiy sayti orqali portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

U "Manchester Siti" bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagach, faoliyatini Madridda davom ettiradigan bo'ldi.

Silva va "Real" 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq OAV futbolchining "Real"dagi yillik maoshi 20 million evroni tashkil etishi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, o'yinchi 10 million evro miqdorida imzo bonusi oladi, uning agenti Jorje Mendesh va otasi esa yana 10 million evro komissiya to'loviga ega bo'ladi.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2017 yildan buyon ingliz klubida to'p surgan futbolchi jami 19 ta sovrinni, shu jumladan 6 ta APL tituli va Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan.

Ўхшаш янгиликлар