Makelele Mbappe haqida: "Muammo shundaki, Kilian har bir to'pni o'ziniki qilmoqchi. U sheriklari bilan o'ynashi kerak, ammo jamoa uchun o'ynamayapti"

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 13:40
  • 1046
  • 30

Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele Senegalga qarshi o'yin vaqtida Kilian Mbappeni tanqid ostiga oldi.

Guruh bosqichining 1-turida fransiyaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Fransiya terma jamoasi hujumchisi Mbappe o'yinda dubl qayd etdi.

"Ey Xudoyim, ey Xudoyim! Nimani xohlayapsan? To'pning o'zi senga kelib qolishinimi? Nimani xohlayapsan? Ey Xudoyim, aqlbovar qilmas pas… Hatto himoyachilar ham bunga hech narsa qila olmadi… Mbappe bilan bog'liq muammo shunda: u har bir to'pni o'ziniki qilmoqchi. U jamoadoshlari bilan o'ynashi kerak, ammo u jamoa uchun o'ynamayapti", – dedi Makelele DAZN efirida.

Ўхшаш янгиликлар