De Pol Messi haqida: "Uning rekordlarga umuman qiziqishi yo'q"

  • Mr.NoBoDy 17.06.2026 12:56
  • 519
  • 30

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo De Pol jamoa hujumchisi Lionel Messining rekordlarga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.

– Messi raqamlarga e'tibor bermasligi rostmi? – Qasam ichaman, unga baribir, umuman farqi yo'q. Bazida biz xonada o'tirib, mate ichib, unga: "E'tibor ber, [rekordgacha] senga bir-ikkita gol qoldi", deymiz. Ammo u bunday narsalardan hatto xabari ham yo'q. Bu qanday bo'lishini bilmayman, lekin Messining bunday narsalarga haqiqatdan ham qiziqishi yo'q, – dedi De Pol.

Ўхшаш янгиликлар