
«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo mavsumning bir qismini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan ruhiy muammolar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi 2025 yilning noyabr oyida Chempionlar Ligasi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:3) so‘ng klub ixtiyorini tark etgan edi.
«Sizni hayratda qoldirishi mumkin bo‘lgan gapni aytaman. Maydonda ko‘p o‘ynamagan bo‘lsam-da, bu mavsum men uchun eng foydalisi bo‘ldi.
Men ruhiy jihatdan sezilarli darajada ulg‘aydim. Yaxshiroq er va ota bo‘lishni, narsalarga boshqacha nigoh bilan qarashni hamda ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilashni o‘rgandim.
Odamlar bizni futbolchi bo‘lganimiz va ko‘p pul topganimiz uchun hech qanday tashvishimiz yo‘q deb o‘ylashadi, lekin bu unday emas. Futbol olamida juda ko‘p narsalar sodir bo‘ladi va bularning barchasi yig‘ilib, stressni keltirib chiqaradi. Chorshanba kuni dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishingiz mumkin, shanba kuni esa yutqazib, eng yomoniga aylanasiz», – dedi Ronald Arauxo.