HERE WE GO! Braziliyaga gol urgan futbolchini "Bavariya" sotib olmoqda

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 14:56
  • 245
  • 30

Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transfer oynasidagi ilk yirik xaridlaridan birini amalga oshirishga juda yaqin turibdi.

Nemis grandi PSV va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Saybari transferini hal qildi.

Bu haqda mashhur insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. Myunxen klubi futbolchi uchun 55 million evro sarflaydi.

Kuni kecha Saybari Marokash terma jamoasi safida Braziliya darvozasiga gol urdi.

U PSV bilan oxirgi uch mavsumda ketma-ket Niderlandiya chempionligini qo'lga kiritdi. Yakunlangan mavsumda u 19 ta gol va 9 ta golli uzatma bilan PSVning eng foydali futbolchisi bo'lgandi.

HK2ATSYWQAAVKN3.jpeg

Ўхшаш янгиликлар