Sherki AQSHga yetib kelganidan keyingi uyqu muammolari haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2026 13:55
  • 68
  • 30

Fransiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki JCH-2026 da ishtirok etish uchun AQSHga yetib kelganidan so‘ng duch kelgan uyqu muammolari haqida so‘zlab berdi.

«Menda xuddi tun butun bir asrga (o‘n yillikka) cho‘zilgandek tuyg‘u paydo bo‘ldi. Men soat 6:00, 6:20, 6:30, 6:40, 7:00, 8:00, 9:00 da uyg‘onib ketaverdim... Bu dahshatli edi», — dedi Rayan Sherki o‘z intervyusida.

Fransiya jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 16 iyun kuni Nyu-Yorkda Senegal terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар