
Parij klubi finalda Londonning "Arsenali" jamoasini mag'lub etib (1:1, penaltilar seriyasi 4:3) sovrinni qo'lga kiritdi. O'yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tdi.
Kvaratsxeliya ushbu mavsum Chempionlar ligasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi.
PSJ tarixda ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasini yutgan ikkinchi klubga aylandi. Parijliklar o'tgan yilgi finalda "Inter"ni mag'lub etgan edi (5:0).