"Barselona" 23 yoshli himoyachini sotib olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 31.05.2026 17:08
  • 886
  • 30

"Kruzeyro" qanot himoyachisi Kayki Bruno "Barselona"ning qiziqish markazida.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" chap qanot himoyachisini o'z safiga qo'shib olish masalasini ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchiga "Flamengo" va "Betis" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Kruzeyro" Brunoning boshlang'ich narxini 15 million evroga belgiladi. Aniqlik kiritilishicha, "Betis" futbolchini sotib olishni juda xohlaydi, ammo klub avval Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan mamlakatlardan o'yinchilarni qabul qilish muammosini hal qilishi kerak.

Bruno 2026 yilda barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 31 ta o'yin o'tkazdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar