Darren Fletcherning 19 yoshli o‘g‘li Shotlandiya terma jamoasining JCH-2026 qaydnomasiga kiritildi

  • Mr.NoBoDy 31.05.2026 16:11
  • 682
  • 30

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Tayler Fletcher Shotlandiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy ro‘yxatidan joy oldi. U Kyurasaoga qarshi shanba kungi o‘rtoqlik uchrashuvida tizzasidan jarohat olib, safdan chiqqan Billi Gilmorning o‘rnini egalladi.

Tayler Fletcher — Shotlandiya terma jamoasi safida 80 ta o‘yin o‘tkazgan afsonaviy Darren Fletcherning o‘g‘lidir. Taylerning o‘zi ham millionlar o‘yinidagi debyutini aynan o‘sha Kyurasaoga qarshi bahsda nishonlashga ulgurdi.

Bugun Shotlandiya terma jamoasi AQSHga uchib ketadi. Bosh murabbiy Stiv Klark jarohatlangan Gilmor o‘rniga 19 yoshli xavbekni olib ketishga qaror qildi va Shotlandiya futbol assosiasiyasi bu majburiy transferni rasman tasdiqladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar