
Braziliya terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilgan barcha o‘yinchilarning raqamlarini e’lon qildi. Kutilganidek, Neymar o‘zining sevimli «10-raqami»ni oldi. Vinisius Junior 7-raqam ostida, Rafinya esa 11-raqamda maydonga tushadi. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
1 — Alisson, 2 — Uesli, 3 — Gabriel dos Santos, 4 — Markinyos, 5 — Kazemiro, 6 — Aleks Sandro, 7 — Vinisius, 8 — Bruno Gimaraes, 9 — Kunya, 10 — Neymar, 11 — Rafinya, 12 — Veverton, 13 — Danilo, 14 — Bremer, 15 — Leo Pereyra, 16 — Duglas Santos, 17 — Fabinyo, 18 — Danilo Santos, 19 — Endrik, 20 — Paketa, 21 — Luis Enrike, 22 — Martinelli, 23 — Ederson, 24 — Ibanyes, 25 — Igor Tyago, 26 — Rayan.
Karlo Anchelotti jamoasi guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.