Jerrard Slotning "Liverpul"dan bo'shatilgani haqida: "Arne dastlabki mavsumida aql bovar qilmas ishni bajardi"

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 20:24
  • 2849
  • 30

"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard Arne Slotning ingliz klubi bosh murabbiyligidan bo'shatilgani haqida o'z fikrini bildirdi.

Avvalroq ushbu lavozimga asosiy nomzod Andoni Iraola ekanligi xabar qilingan edi.
"Men bundan hayratda emasman. Arne Slotga juda achinaman, chunki u o'zining dastlabki mavsumida aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi. Buyuk Yurgen Kloppdan keyin jamoani qabul qilib olish oson vazifa emasdi va uning zimmasiga katta mas'uliyat tushgandi. Menimcha, u buni a'lo darajada uddaladi. Premer-ligada g'olib chiqish juda qiyin va buni men hammadan ko'ra yaxshiroq bilaman".
Iraola "Liverpul"ga mos kelishi haqida
"O'ylaymanki, potencial jihatdan ha, mos keladi. U "Bornmut"da ajoyib ishni bajardi va uning uslubi "Liverpul"ga to'g'ri kelgan bo'lardi, ammo keling, voqealardan ilgarilab ketmaylik. "Liverpul"dagi ish dunyoning ko'plab elita darajasidagi murabbiylari uchun jozibali hisoblanadi, shu bois u yagona nomzod bo'ladi deb o'ylamayman. Biroq uning "Bornmut"dagi faoliyati hamda ushbu klubdan "Liverpul"ga kelgan insonlar sababli, ular bir-birlarini juda yaxshi bilishadi.
Shunday boshqa nomzodlar ham borki, ular "Liverpul"dagi ushbu lavozimni egallashni xohlashlariga ishonchim komil. Bu jahon futboli miqyosida juda muhim ish, ammo savolingizga javob beradigan bo'lsam, menimcha, [Iraola] nomzodini ko'rib chiqish kerak, ha", - dedi Jerrard.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar