"Liverpul" ko'proq hujumkor va tajovuzkor futbol o'ynashni xohlagani uchun Slotni iste'foga chiqardi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 18:56
  • 1415
  • 30

Arne Slotning "Liverpul"dan bo'shatilish sabablari ma'lum bo'ldi.

Insayder Ben Djeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, bu qaror klub uchun oson bo'lmagan, chunki Slot dastlabki mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLda g'olib chiqqan edi. Hatto o'tgan mavsumda rahbariyatning poziciyasi qatiy bo'lgan - murabbiyni almashtirish rejalashtirilmagan edi.
Biroq endi klubda jamoaga boshqa futbol vektori kerak degan qarorga kelindi. Iste'foning asosiy sababi - o'yin uslubini o'zgartirish istagidir: "Liverpul" yanada hujumkor, tajovuzkor, intensiv, shiddatli va raqibga katta bosim (pressing) o'tkazadigan futbol o'ynashni xohlamoqda.
Ayni paytda klub yangi murabbiyni aynan mana shu talablardan kelib chiqib izlamoqda. Bosh vazifa - ko'zlangan futbol modeliga eng mos keladigan mutaxassisni topishdan iborat.
Murabbiylik masalasi mavsum oldi tayyorgarlik jarayoniga ta’sir qilmasligi uchun "Liverpul" tezkorlik bilan harakat qilishga qaror qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar