Nyu-York meri «Arsenal»ning ashaddiy ishqibozi ekan

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 15:33
  • 574
  • 30

Nyu-York meri va «Arsenal»ning ashaddiy ishqibozi Zoxran Mamdani «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Manchester Siti»ning qaytishi muqarrar bo‘lib tuyulgan, sosialistik loyihalar zaiflashgan, futbol va siyosat faqat boylik va sinizmni rag‘batlantirishga qaror qilgandek tuyulgan paytlarda, men hech kimga yomonligi tegmaydigan inson — Bukayo Sakaning so‘zlariga qaytardim: «Bu — jarayon». Va biz unga ishonishimiz kerak.

VAR bizni Kallum Uilsonning golidan qutqarib qolganda — jarayonga ishoning. Erling Xoland Avicii qo‘shiqlarini kuylay boshlaganda, Deklan Rays esa hali hammasi tugamaganini ta’kidlaganda — jarayonga ishoning. Mikel Arteta plakatga yurak va miya rasmini chizib, jamoani ruhlantirganda — mana shu g‘alati jarayonga ishoning.

Va mana, biz shanba kuniga yetib keldik. «PSJ»ga qarshi o‘yinda jarayonga ishonish juda qiyin bo‘lgan daqiqalar bo‘ladi. Raqib — ajoyib. Ularning yarim himoyasi ideal darajada muvozanatlashgan. Jamoa yaxshi boshqarilmoqda. Ularning tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor.

Buning ahamiyati yo‘q — jarayonga ishoning. Bizni Budapeshtgacha yetaklab kelgan insonni qo‘llab-quvvatlang. Bu lahzalardan zavq oling, chunki bunday vaziyatlar tez-tez sodir bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, yigirma yil kutdik.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar, shuni yodda tutingki, hammasi bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi — biz «Tottenxem»ga muxlislik qilishimiz mumkin edi. Xo‘sh, ular haqida nima deb o‘ylaymiz?» — deb yozadi Mamdani The Athletic uchun tayyorlagan maqolasida.

Final uchrashuvi Budapeshtda, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar