Kimmix Chempionlar Ligasi finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 14:56
  • 668
  • 30

Germaniya milliy terma jamoasi sardori Yozua Kimmix UEFA Chempionlar Ligasi finalida (PSJ - "Arsenal") qaysi jamoani qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

"Men Kay (Xavertc) uchun duo qilib turaman - umid qilamanki, u [Germaniya terma jamoasiga] katta muvaffaqiyat to'lqinida qo'shiladi. Bunday sovrin ijobiy energiya bag'ishlaydi. U biz uchun muhim futbolchi va Germaniyada unga etarlicha baho berishmaydi. Xaverc Evroda hal qiluvchi rolni o'ynadi, chunki u jamoamizga yordam bera oladigan fantastik fazilatlar majmuiga ega", - deya Kimmixning so'zlarini keltirdi "Bayern & Germany" ijtimoiy tarmoqlarda.
Chempionlar Ligasining final uchrashuvi bugun, 30 may kuni bo'lib o'tadi. "PSJ" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvda Daniel Zibert bosh hakam sifatida ishlaydi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da yangraydi.
Germaniya milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida "E" guruhidan joy olgan. Ularning guruh bosqichidagi raqiblari Kyurasao, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalari bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar