APL klubi "Manchester Siti" himoyachisini nishonga oldi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2026 13:48
  • 645
  • 30

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Natan Ake yozgi transfer oynasida "Bornmut"ga qaytishi mumkin.

"Olchalar" erkin agent sifatida klubni tark etadigan Markos Senesining o'rnini bosuvchi o'yinchini qidirmoqda. "Bornmut"ning asosiy nishonlaridan biri "shaharliklar" bilan shartnomasi bir yildan so'ng tugaydigan Ake bo'lmoqda. "Manchester Siti" niderlandiyalik futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Natan Ake 2020 yilda aynan "Bornmut"dan "Siti"ga o'tgandi - o'sha paytdagi transfer narxi 45 million evrodan ortiqni tashkil etdi. 31 yoshli futbolchining hozirgi narxi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 15 million evroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar