
O'zbekistonlik mutaxassis UEFA Chempionlar Ligasi finalida ishlaydigan rasmiylar guruhiga kiritilgan. U OFK va UEFA o'rtasida hamkorlik memorandumi asosida Chempionlar Ligasi finalida faoliyat yuritmoqda.
U ayni paytda PSJ va “Arsenal” o'rtasidagi o'yinning tashkiliy ishlari, rasmiy tadbirlarini o'tkazishda ishtirok etmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Akramxonov o'tgan yili KONKAKAF ayollar Chempionlar Kubogi finalida ham faoliyat olib borgan edi.
Eslatib o'tamiz, “Pushkash Arena” mezbonlik qiladigan bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.