
Tashkilot rahbari ushbu turnir tarixdagi eng mahobatli musobaqa bo'lishini ma'lum qildi.
"Bu tarixdagi eng keng ko'lamli va eng buyuk jahon chempionati bo'ladi. Bu shunchaki 3 ta mamlakat, 16 ta shahar, millionlab mehmonlar va milliardlab tomoshabinlar degani emas. Ushbu uchta davlatning har birida jahon chempionatining ajralmas qismiga aylanadigan 25 tadan hamjamiyat tashkil etiladi. Ular ishtirokchi jamoalarning bazilarini qabul qiladi. Jahon chempionati 11 iyunda boshlanadi va 19 iyulda super final bilan yakunlanadi, o'shanda kimdir jahon chempionatining ushbu noyob va ramziy kubogini boshi uzra baland ko'taradi" - deya Infantinoning so'zlarini keltirmoqda BBC.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Turnir tarixida ilk bor unda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.