
Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
"Neradzurri" 25 yoshli ingliz futbolchisi uchun 25 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o'zi ham Italiya jamoasiga qo'shilishga tayyor. Shu bilan birga, "qizillar" kelishuvga futbolchining keyingi sotuvidan ma'lum bir foiz olish bandini ham qo'shmoqchi.
Jons "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Xavbek mersisaydliklar safida jami 228 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.