O'zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qachon qur'a tashlanishi ma'lum

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 15:56
  • 270
  • 30

27 may kuni O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi uchrashuvlariga yakun yasaladi. Unga ko'ra, 1/8 finalda ishtirok etadigan 16 ta klub nomiga oydinlik kiritiladi.

2 iyun kuni 19:00 da pley-off bosqichi uchun qur'a tashlanadi. Jarayon Liga sahifalari orqali jonli namoyish etiladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Kubogi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan klub 1/8 final bosqichini o'z maydonida qabul qiladi. Guruhda ikkinchi bo'lgan klub esa yagona o'yindan iborat pley-off bosqichini safarda o'tkazadi. Bir guruhda kurash olib borgan ikki klub 1/8 finalda o'zaro raqib bo'lmaydi.

Ўхшаш янгиликлар