
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) o‘z rasmiy saytida 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha 48 ta terma jamoaning joylashuv manzillarini e’lon qildi.
Eng muhimi, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi Atlanta shahridagi «Atlanta Yunayted» mashg‘ulot markazida istiqomat qiladi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi amaldagi chempion sifatida turnirga tashrif buyuradi.