Devis JCH-2026 ochilish o'yinini o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 14:40
  • 221
  • 30

Kanada bosh murabbiyi Jessi Marsh jamoa sardori Alfonso Devis JCH-2026'da o'ynashini e'lon qildi.

Biroq u jarohati tufayli ochilish o'yiniga tayyor bo'lishi ehtimoldan yiroq.

Avvalroq 25 yoshli futbolchi son mushaklaridan jarohat olgandi. Devis may oyi oxirigacha terma jamoa safiga qo'shilishi kutilmoqda. Hozirda u jarohatdan tiklanish bilan band.

"Bavariya" uni Germaniyada qila oladigan, ammo Shimoliy Amerikada bajarolmaydigan muayyan bayonnomalardan o'tkazdi. Shunday qilib, uning Germaniyada qolishining sabablaridan biri shu, chunki biz ularda ilg'or davolash usullari bor deb o'ylaymiz va bu foydali bo'lgani aniq. Ular uni astoydil qo'llab-quvvatlab, Jahon chempionatida ko'rishni xohlaydi. Menimcha, ular o'z futbolchilarini qo'llab-quvvatlash ham klub, ham mamlakat uchun muhimligini tushunadi", – dedi Marsh.

Devis Kanada terma jamoasi safida 2017 yil iyun oyida debyut qilgan. U 58 o'yinda 15 ta gol urgan va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kanada JCHdagi birinchi o'yinini 12 iyun kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'tkazadi. Shuningdek, "B" guruhidagi raqiblar orasida Qatar va Shveytsariya ham bor.

Ўхшаш янгиликлар