Ekspert fikri. Islom Inomov: "Kolumbiya bilan o'yinga ko'p narsa bog'liq"

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 14:16
  • 301
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga yo'l oldi.

Vakillarimiz Kanada va Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlaridan so'ng ilk turda Kolumbiya bilan kuch sinashadi.

Tabiiyki, turnirdagi debyut bahsni ko'pchilik hayajonda kutmoqda. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov Jahon chempionati oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Islom Inomovning fikrlari bilan qiziqdi.

"Birinchi marotaba Jahon chempionatiga chiqdik. Endi faqat yaxshi niyatlar bilan terma jamoamizga muxlislik qilamiz. Guruh bosqichida jismoniy sifatlar ko'proq rol o'ynaydi. Shunday o'yinlar bo'ladiki qaysi biri favoritligini ayta olmaysiz. Oxirgi uchrashuvlarda ko'ryapmizki yigitlarimiz yomon o'yin ko'rsatayotgani yo'q. Kuchli raqiblar bilan o'nay olishyapti.

Kolumbiya bilan uchrashuvda birinchi ochkoni qo'lga kiritib olish muhim. Keyingi o'yinlar ham shunga bog'lanib ketadi. Turnirni ochko bilan boshlasak bosim ham yo'qoladi”,- deydi Islom Inomov.

Ma'lumot uchun, Kolumbiya bilan bellashuv 17 iyun kuni soat Toshkent vaqti bilan 7:00 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар