Saudiya Arabistoni terma jamoasi himoyachisining JCH-2026 oldidan pasporti o‘g‘irlab ketildi

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 08:22
  • 36
  • 30

Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi Saud Abdulhamid pasport yo‘qolgani sababli JCH-2026 oldidan yig‘inda jamoaga qo‘shila olmadi.

«Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi milliy terma jamoaning JCH-2026 final bosqichiga tayyorgarligi doirasida Saud Abdulhamidning yig‘inga kechikib qo‘shilayotgani haqida rasmiy ma’lumot beradi.

Futbolchi rejaga ko‘ra bugun Ar-Riyodga uchib kelishi kerak edi. Ammo u oilasi bilan nikoh marosimida qatnashish uchun bo‘lib turgan Amsterdam shahrida shaxsiy avtomobili buzib ochilgan. Hodisa oqibatida uning shaxsiy buyumlari, jumladan pasporti ham yo‘qoldi.

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi tergov jarayonini nazorat qilish maqsadida Sport vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, futbolchining jamoaga qo‘shilishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish borasida Saudiya Arabistonining Niderlandiyadagi elchixonasi bilan ish olib borilmoqda.

Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi ushbu vaziyatda Saud Abdulhamidni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va uning milliy terma jamoa yig‘iniga xavfsiz yetib kelishini kutmoqda», — deyiladi federasiyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvayga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар