JCH-2026ga tayyorgarlik ko‘radigan Gana terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 08:22
  • 211
  • 30

Gana milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik hamda Uelsga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun 28 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Yakuniy ro‘yxatga 26 nafar o‘yinchi kiritiladi.

Darvozabonlar: Benjamin Asare («Xarts of Ouk»), Lourens Ati-Zigi («Sankt-Gallen»), Jozef Anang («Sent-Patriks Atletik»), Solomon Agbasi («Xarts of Ouk»), Pol Reverson («Ayaks»).

Himoyachilar: Baba Abdul-Rahmon (PAOK), Gideon Mensa («Oser»), Marven Senaya («Oser»), Alidu Seydu («Renn»), Abdul Mumin («Rayo Valyekano»), Jerom Opoku («Istanbul Bashakshehir»), Jonas Adjeti («Volfsburg»), Kojo Pepra Oppong («Nissa»), Aleksander Jikiu («Spartak» Moskva).

Yarim himoyachilar: Elisha Ovusu («Oser»), Tomas Parti («Vilyarreal»), Kvasi Sibo («Real Ovyedo»), Ogustin Boakye («Sent-Etyen»), Kaleb Yirenki («Norshellann»), Kristofer Bonsu Baa («Al-Qodisiya»).

Hujumchilar: Abdul Fatavu Issaaku («Lester Siti»), Kamal Sulemana («Atalanta»), Ernest Nuama («Lion»), Antuan Semenyo («Manchester Siti»), Brendon Tomas-Asante («Koventri Siti»), Prins Kvabena Adu («Viktoriya Plzen»), Inyaki Uilyams («Atletik» Bilbao), Jordan Ayyu («Lester Siti»).

Gana terma jamoasi guruh bosqichida Panama, Angliya va Xorvatiya bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Ўхшаш янгиликлар