De la Fuente "Real" futbolchilarining JCH-2026 qaydnomasida yo'qligi haqida: "Menda mahalliychilik tafakkuri yo'q"

  • Mr.NoBoDy 26.05.2026 09:48
  • 566
  • 30

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 qaydnomasida "Real" futbolchilari nima uchun yo'qligiga izoh berdi.

"Men futbolchilarning qayerdan ekanligiga qaramayman. Menda bazi muxlislarga o'xshagan mahalliychilik tafakkuri yo'q. Men uchun buning ahamiyati yo'q.

Men hech kimga maslahat bera olmayman, shunchaki futbolchilardan ushbu mamlakat ruhini hozirgidek his qilishlarini so'rayman, xolos", - deya De la Fuentening so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

JCH-2026 guruh bosqichida amaldagi Yevropa chempionlari Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvayga qarshi bahs olib borishadi.

Ўхшаш янгиликлар