Meksika Prezidenti: "AQSH Eron terma jamoasi o'z hududida bo'lishini istamadi, shu sababli eronliklar bizga murojaat qilishdi"

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 22:00
  • 138
  • 30

Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum nima uchun Eron milliy terma jamoasi jahon chempionati paytida aynan Meksikada joylashishiga to'xtalib o'tdi.

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoaning mashg'ulotlar bazasi AQSHdan Meksikaga ko'chirilganini ma'lum qilgan edi.
"Amerika Qo'shma Shtatlari Eron jamoasi o'z hududida bo'lishini xohlamadi. Shundan so'ng ular [Eron] bizga: 'Meksikada baza tashkil qilsak bo'ladimi?' deb so'rashdi, biz esa: 'Ha, hech qanday muammo yo'q', deya javob qaytardik", - dedi Meksika Prezidenti.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар