
Uning fikricha, Fil Foden va Koul Palmer kabi o'yinchilar har qanday holatda ham tarkibga kiritilishi kerak.
"Foden va Palmer kabi o'yinchilar o'yinni o'zgartiruvchi o'yinchilar. Ular hatto jismoniy holati yaxshi bo'lmasa ham, kiritilishi kerak bo'lgan o'yinchilar sirasiga kiradi. Ayniqsa, Palmer sovuqqonligi orqali o'yindan keyingi penaltilar seriyasida ham kerak bo'lardi", – dedi Krauch derbyderbyderby.it saytiga.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 11 iyunda boshlanadi. Foden va Palmer bormaydi.