Holand uchinchi marta APLning eng yaxshi to'purari bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 13:40
  • 504
  • 30

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand 2025/26 yilgi mavsumda Premer-liganing eng yaxshi to'purariga aylandi.

Norvegiyalik futbolchi 27 ta gol urib, "Brentford" vakili Igor Tiagodan (22) o'zib ketdi.

Bu Holand faoliyatidagi uchinchi APL "Oltin butsa"si.

Bu 25 yoshli futbolchini Alan Shirer va Harri Keyn bilan tenglashtirdi. U endi APLda 4 martadan to'purarlikka erishgan Terri Anri va Muhammad Salohdan ortda qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар