Trent "Real" muxlislariga murojaat qildi: "Keyingi mavsumda klubga sovrinlarni qaytarishga vada beraman"

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 13:16
  • 628
  • 30

"Real" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold mavsum tugaganidan so'ng muhim bayonot bilan chiqdi.

"Madridistlar, sizlar meni ochiq qo'l bilan kutib oldingiz. Kelgan birinchi kunimdan boshlab meni doim qo'llab-quvvatlab keldingiz. O'z ritmimni topish va yangi muhitga ko'nikish uchun bir necha oy kerak bo'ldi, ammo endi o'zimni uydagidek his qilyapman. Bu yozda yaxshi dam olaman va astoydil mehnat qilaman. Vada beramanki, keyingi mavsumda klubga sovrinlarni qaytaramiz", – dedi Aleksander-Arnold.

"Real" ushbu mavsum 2-o'rinni egalladi va Chempionlar Ligasi chorak finalida mag'lub bo'ldi.

Avvalroq himoyachi Angliya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan chetda qolgan edi.

Ўхшаш янгиликлар