Kalum Makfarleyn: "Bu tarkib bilan biz 10-o'rindan yuqoriroqda bo'lishimiz kerak edi"

  • Mr.NoBoDy 25.05.2026 10:56
  • 377
  • 30

"Chelsi"da bosh murabbiylik vazifasini vaqtinchalik bajargan Kalum Makfarleyn jamoasining mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi.

"Biz mavsumni jadvalda yuqoriroqda tugatishimiz kerak edi. Bunday iqtidorli futbolchilarga ega tarkib bilan biz YCHLga chiqishimiz shart bo'lgandi. Biroq bunday bo'lgani yo'q.

Ushbu mavsumda biz barqaror bo'la olmadik. Buni natijalar ham aytib turibdi", - dedi Kalum Makfarleyn.

Ma'lumot uchun, “Chelsi” APLning so'nggi turida “Sanderlend”ga mag'lub bo'lib, evrokuboklar uchun yo'llanmadan quruq qoldi.

Ўхшаш янгиликлар