
Shuningdek, u jamoa himoyachisi Endryu Robertsonning ketishi haqida ham fikr bildirdi.
Saloh va Robertson APLning 38-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi o'yinni (1:1) asosiy tarkibda boshlashdi va ikkinchi bo'lim oxirida zaxiraga olinishdi.
Yakuniy hushtak chalinganidan keyin muxlislar "You'll Never Walk Alone" qo'shig'ini kuylashayotganda misrlik futbolchi ko'z yoshlarini tiya olmadi.
"Menimcha, bugun hayotimdagi eng ko'p yig'lagan kunim bo'ldi. Aslida unchalik ta’sirchan yigit emasman. Lekin bu yerda yoshligimiz o'tdi, boshidan oxirigacha hamma narsani birga baham ko'rdik. Endi Robertsonni hamma yaxshi ko'radi, u maydonda doim bor kuchini berib o'ynardi. Biz ushbu klubni bo'lishi kerak bo'lgan joyiga qaytardik.
"Liverpul"ni tark etish og'ir. Robertson jamoa uchun va biz birgalikda boshdan kechirgan davr uchun juda muhim inson edi. Bir kiyinish xonasini baham ko'rganimizdan juda ham baxtiyorman", - deya Salohning so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
Saloh va Robertson 2017 yildan buyon "Liverpul" tarkibida to'p surib kelishayotgan edi. Ular klub bilan ikki bor mamlakat chempionligi, Angliya Kubogi va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi sohibi bo'lishgan hamda ikki marta Angliya liga Kubogida zafar quchishgan.