
«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasida o‘z maydonida «Filadelfiya»ni 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Mezbonlar safida Xerman Berterame (13- va 41-daqiqalar), 39 yoshli Luis Suares (29-, 44- va 81-daqiqalar) hamda Rodrigo de Paul (90+3-daqiqa) gol muallifiga aylanishdi. Lionel Messi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U 73-daqiqada jarohati tufayli zaxiraga olindi.
Mehmonlar safida Milan Iloski ikki marta penaltini (10- va 45-daqiqalar) aniq amalga oshirib, yana bir bor o‘yindan gol kiritdi (3-daqiqa). Shuningdek, Bruno Damiani ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
«Inter Mayami» Sharqiy konferensiya jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi (15 ta o‘yindan so‘ng 31 ochko). «Filadelfiya» (15 ta o‘yindan so‘ng 7 ochko) esa 15-pog‘onada bormoqda.
Jamoalar 2026 yilgi Jahon chempionati final turniri tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan oldingi so‘nggi o‘yinini o‘tkazishdi. Navbatdagi o‘yinda «Inter Mayami» 23 iyul kuni «Chikago»ni qabul qilsa, «Filadelfiya» shu kuni o‘z maydonida «Nyu-York Red Bull» bilan kuch sinashadi.