
"Juda hayajondaman. Bu rostakamiga qo'rqinchli darajada dahshat ekan"
Uni ismini aytib kuylayotgan muxlislarga qarata: Nega meni bunchalik yaxshi ko'rasizlar? Nega bunday qilasizlar?
Bu klubga murabbiylik qilish, 10 yil davomida shu yerda bo'lish men uchun ulkan sharaf bo'ldi. Qo'lga kiritilgan sovrinlar, unutilmas hissiyotlar... Lekin eng muhimi - ajoyib futbolchilar orqali sizlarga quvonch va zavq bera oldik deb umid qilaman. Stadionga kelgan insonlar: Bugun biz yana zavq olar ekanmiz degan hissiyotni boshidan o'tkazgan bo'lsa, bundan baxtliman.
Kecha otam Valentin 95 yoshga to'ldi! Balki u buning qadrini to'liq his qilmas, ammo turmush o'rtog'im Kris Serra va farzandlarim biladi - oilamiz nomi bu stadionda uzoq yillar qoladi.
Futbolchilar hali bilishmaydi, lekin men baribir shu yerda bo'laman. Tribunadan (Pep Gvardiola nomi berilgan tribunani nazarda tutib) ularni kuzataman, nazorat qilaman. Qani klub afsonalari kyetib qolmasmikan deb. Bu klubning merosi davom etishini istayman.
Bitta iltimos, kelajakda dunyoning qaerida - Yevropa bo'ladimi, Qo'shma shtatlarimi - uchrashib qolsak - "Manchester Siti" muxlisi bo'lsangiz, oldimga kelib meni quchoqlab keting. Menga bu juda ham kerak bo'ladi.
"Bu klub sharafini himoya qilish hayotimdagi eng katta sharaflardan biri bo'ldi. Millionlab qarorlar qabul qildim, minglab xatolar ham qildim. Lekin har safar faqat klub uchun eng yaxshisini o'yladim. Men sizlarni juda yaxshi ko'raman".