
Kataloniyaliklar shu yozda "1 ga 1" qoidasiga qaytishadi – yani futbolchilar sotuvidan qancha mablag' ishlab topsa, transferlar uchun shuncha mablag' sarflash imkoniyatiga ega bo'ladi.
La Liga direktori Xaver Gomesning so'zlariga ko'ra, klubdagi maoshlar fondi uchta omil evaziga belgilangan limitdan pasayadi: VIP-lojalardan keladigan 70 million evrodan sal ko'proq daromad, yangilangan "Kamp Nou" stadionida yangi tribunaning ochilishi hamda hujumchi Robert Levandovskining jamoani tark etishi. Polshalik forvardning ketishi "Barsa"ni uning ulkan maoshini to'lash majburiyatidan xalos qiladi.
Shuningdek, Gomes "blaugrana" uchun yangi homiylarni jalb qilish imkoniyati mavjudligini ham qo'shimcha qildi. Bu klub uchun yana bir daromad manbai bo'lib, deficitni kamaytiradi va odatdagi rejimda ishlashga yo'l ochadi.
Bundan tashqari, "Barselona" yakunlangan mavsumni ijara asosida monegasklar safida o'tkazgan vinger Ansu Fati uchun "Monako"dan 11 million evro olishni kutmoqda. Bu mablag' futbolchini sotib olish bandida ko'rsatib o'tilgan.