
Bu yil saralash bosqichlari uch shaharda bo'lib o'tdi: Samarqand, Farg'ona va Toshkent.
Red Bull Four 2 Score - bu kichik maydondagi 4x4 formatidagi futbol turniri. Uchrashuvlar 10 daqiqa davom etdi, tanaffuslarsiz va darvozabonsiz o'tkazildi. Turnirning o'ziga xos jihati shundaki, o'yinning dastlabki va so'nggi 60 soniyasida urilgan gollar 2 ochkodan olib keldi. Jahon musobaqasida 25 dan ortiq mamlakat ishtirok etadi, g'oliblar esa joriy yil avgust oyida Kanadada bo'lib o'tadigan jahon chempionati finalida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Final yorqin, dinamik va keskin ruhda o'tdi, unda tezlik, texnika, jamoaviy hamkorlik va vaziyatlardan bir zumda foydalana olish hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Butun o'yin kuni davomida jamoalar yuqori darajadagi tayyorgarlik va xarakter namoyish etdilar, har bir uchrashuv esa tomoshabinlarni so'nggi soniyalargacha hayajonda ushlab turdi.
Milliy final yakunlariga ko'ra, O'zbekistonning eng kuchli jamoasi “TTZ” deb topildi va ular Red Bull Four 2 Score jahon finalida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qo'lga kiritdi. Ishtirokchilar uchun bu nafaqat sport natijasi, balki yildan-yilga yosh futbolchilar orasida tobora ommalashib borayotgan ko'cha futbolining rivojlanishidagi muhim qadam hamdir
“Biz 3-4 yildan beri futbol bilan shug'ullanamiz. Shu vaqt davomida futzalning 5x5 formatida turli jamoalarda bir-birimizga qarshi o'ynab mashq qilganmiz, shu sababli ushbu format biz uchun ancha tanish bo'ldi. Bizni g'alabaga doimiy mashg'ulotlar va maqsad sari harakat olib keldi - aynan shu g'alabaning eng asosiy omili hisoblanadi”, - dedi biz bilan suhbatda g'olib “TTZ” jamoasi sardori Aliakbar Bayburin.
Kanadaning Toronto shahrida bo'lib o'tadigan Red Bull Four 2 Score jahon finali 60 mamlakatning eng yaxshi jamoalarini birlashtiradi va unda bir maydonda bosh sovrin uchun kurashishga tayyor milliy chempionlar uchrashadi.




