
Unda ushbu musobaqaning 18 karra g'olibi “Sporting” hamda ikkinchi divizionning uchinchi va kamtarin jamoasi “Torrense” o'zaro to'qnashdi.
Ushbu uchrashuvda sensacion natija kuzatildi: “Torrense” 2:1 hisobida g'alabaga erishib, 109 yillik tarixida ilk sovriniga ega chiqdi. Shu orqali Luis Tralyao shogirdlari navbatdagi mavsum oldidan Yevropa ligasining umumiy guruh bosqichi uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqdi.
“Sporting” - “Torrense” 1:2
Gollar: Kevin Zoxi (4, 0:1), Luis Suares (54, 1:1), Stopira (113-pen, 1:2).
Chetlatish: Maksimiliano Araujo (109).
Ma'lumot uchun, “Torrense” uy stadioni o'z bag'riga 2431 muxlisni sig'dira oladi.

